QAYINONAM – ONAM, KELINIM – QIZIM…

Date:

Qayinona-kelin munosabatlari har doim ham ko‘plab munozaralarga, muhokamalarga sabab bo‘lib keladi. Kimdir qayinonani oqlasa, boshqalar kelin tomonda bo‘ladi. Har qanday holatda ham ikki tomonning murosa yo‘lini tanlashi tinch va osuda hayotning kafolatidir.

Aslida kelin qayinonasini ona, qayinona esa kelinini qiz o‘rnida ko‘rsa, katta izzatni, kichik hurmatli bilsa, muammolar o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘ladi. Sherobod tumanidagi “To‘g‘iz” qishlog‘ida “Qaynonam – onam, kelinim – qizim” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy qayinona va kelinlarga ona va qiz bo‘lishga chorladi.

Tadbirda mahallaning faol oilalari ishtirok etib, milliy urf-odatlarimizni gavdalantirishdi. Yoshi ulug‘ onaxonlarning nasihat-u o‘gitlari yoshlarning oila atalmish qo‘rg‘onning nechog‘lik muqaddas ekanini yana bir bor tushuntirgandek bo‘ldi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar tashabbuskorlar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun