Til – millat koʻrki

Date:

Oktyabr – maktablarda ona tili va adabiyoti fan oyligi doirasida turli tadbirlar, kechalar, uchrashuv va davra suhbatlari uyushtiriladigan, xullas, o‘quvchilarni fanga qiziqishini va faolligini oshiradigan oydir.

Denov tumanidagi 3-sonli informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktabida ham fan oyligi koʻtarinki ruhda o‘tmoqda. Zukko va tashabbuskor o‘qituvchilarning sa’y-harakatlari bilan oʻquvchilar oʻrtasida davra suhbatlari, haftaliklar, zakovat oʻyinlari, ochiq darslar tashkil etildi va bilimlar, salohiyat va dunyoqarashlar sinovdan o‘tkazildi.

21-oktabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan esa 5-6-8-sinf o‘quvchilari oʻrtasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilar ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, maqol va topishmoqlar aytishdi. Qoʻshiq va raqslar ijro etishdi. Ajoyib sahna ko‘rinishi esa barchaga manzur bo‘ldi. Har bir chiqishlarda ona tilimizning bugungi kunda tutgan oʻrni, ahamiyati haqidagi g‘oya tarannum etib turibdi.

Tadbirning maroqli oʻtishida maktabning ona tili va adabiyoti musiqa fani oʻqtuvchilarining hissasi katta bo‘ldi.

Oydin Qayumova,
Mehriniso Hamidova
ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun