Shimkentdan g‘alaba bilan…

Date:

Qaysi sport turini o‘zlashtirishga urinmaylik, ustoz ko‘rmasak, qandaydir natijaga erishish haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi. Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi tarbiyalanuvchilari esa ustoz-trenerlari Sh. Nazarov va A. Mayliqulovlardan yetarlicha bilim va ko‘nikmalarni olib, sportning taekvondo turida o‘z yo‘nalishi va taktikasiga ega shogirdlarga aylanib ulgurishgan. Ularning jangini tomosha qilsangiz, fikrlaimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga amin bo‘lasiz. Yosh sportchilar Qozog‘iston Respublikasining Shimkent shahrida Taekvondo WT sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalari bo‘yicha Jumanov Rashid Turg‘anbekovich xotirasiga bag‘ishlangan “SHYMKENT CUP” turniri musobaqasida faol ishtirok etdilar.

Ustozlari bildirgan ishonchni oqlagan Azizbek Bahodirov va Dilmurod Ro‘ziqulovlar 1-o‘rinni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Ramziddin Tojiyev 2-o‘ringa munosib ko‘rildi. Qolganlar ham quruqqo‘l bilan qaytishmadi, 3-o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Nima bo‘lganda ham o‘zbek yoshlari o‘z kuch va imkoniyatlarini ko‘rsatib, iqtidorlarini namoyish etishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun