“Imkoniyatlar markazi” tashkil etiladi

Date:

Malik (ismi o‘zgartirilgan) bolaligida bo‘lgan avtohalokat sababli nogironlik aravachasiga mizlanib qolgan. Yoshi ulg‘ayib, ota-onasi topganiga qarab o‘tirishni istamaydi. Oyoqlari yura olmas, ammo aqli joyida, qo‘llari ishlasa, qandaydir yumush bilan band bo‘lishni xohlaydi. Axir qandaydir nuqson sabab uyda qamalib o‘tirish, jamiyatga qo‘shila olmaslikdan yomoni yo‘q.
U telefoni orqali ijtimoiy tarmoqlarda “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinganini ko‘rdi-yu, ko‘nglida kichik bir umid uchqunlana boshladi.
Ushbu qarorga asosan 2022 yil-davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab qolgan hududlarda “Imkoniyatlar markazi” faoliyati tashkil etiladi.
Ushbu “Imkoniyatlar markazi” nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni vazifasini o‘taydi. Qolaversa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi. Malik ham ayni markazdan o‘zi uchun imkoniyatlar eshigini ochishga ishonadi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun