Umida Omonova — Butunjahon shaxmat olimpiadasida

Date:

Umida Omonova deganda kichikkina jussasida, samimiy chehrasida andekkina jiddiylik mujassam shaxmatchi qiz xayolotimizda gavdalanadi. Umida nafaqat Sherobodning, balki Surxondaryoning, O‘zbekistonning faxr-u iftixoriga aylangan iste’dodli yoshlardan. Uning mahorati, shaxmatdagi o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega ekani e’tibor va e’tirofga sazovor, albatta.
Naxchivan (Ozarbayjon) shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, shaxmat olimpiadasida O‘zbekistondan ikki jamoa ishtirok etdi. “O‘zbekiston-1” jamoasi tarkibida esa Umida Omonovaning ham ishtirok etayotganining o‘zi quvonchli hodisa.
Aql o‘yinida aqllar, zakovatlar bellashdi. Asosiysi “O‘zbekiston-1” jamoasi olimpiadada faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bunda, albatta Umidaning ham munosib hissasi borligini e’tirof etish joiz.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun