Janubda “Eng ilg‘or batalyon (divizion)” ko‘rik-tanloviga start berildi

Date:

Mamlakatimizda harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish va Qurolli Kuchlarimiz jangovar shayligini yanada oshirish maqsadida olib borilayotgan amaliy ishlardan biri – Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida turli tanlovlar, musobaqalar o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi garnizonlarida “Eng ilg‘or batalyon (divizion)” ko‘rik-tanloviga start berildi.

Tanlovning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida batalyon taktik guruhlarining jangovar tayyorgarlik darajasini va bo‘linmalarning hamjihatligini yanada mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iboratdir.

Dastlab batalyon shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi. Saf ko‘rigida ularning yuk qoplari, komandirlik sumkalari va harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari tekshirildi. Saf tayyorgarligi usullari sinovdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng, bo‘linmalarning qurol-aslahalari va texniklarining holati va saqlanishi, o‘quv moddiy bazalarining holati hamda batalyon shtabining jangovar vazifalari bo‘yicha ishlab chiqilgan hujjatlar tekshirildi.

Tasdiqlangan rejaga asosan harbiy xizmatchilardan shu kunining o‘zida jismoniy tayyorgarlikdan (tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va kuch sifatlari bo‘yicha me’yorlar va Kupper test) qabul qilindi.
Tanlov 14-oktyabrga qadar davom etadi.

Akbar AHMEDOV,
III darajali serjant,
Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun