“Sayohat qil va keshbek ishla”

Date:

Turizm va madaniy meros vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda yangi keshbek tizimini ishga tushirdi. Mazkur tizimga ko‘ra 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “Sayohat qil va keshbek ishla” shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan mamlakat fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.

Bu qanday amalga oshirilishi haqida qiziqishingiz tabiiy. Masalan, yurtimizning diqqatga sazovor hududiga sayohatga chiqdingiz deylik, samolyotda ketsangiz, yo‘l chiptangiz narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdordagi mablag‘ni qaytarib olishingiz mumkin. Poyezda yoki avtobusda borasizmi, bundan qat’iy nazar keshbekni qo‘lga kiritasiz.

Qaysidir mehmonxonaga joylashsangiz, tunab qolish xarajatining 15 foizi, 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda va hatto teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi (lekin 20 ming so‘mdan oshmagan) miqdordagi mablag‘ni qaytarib olishingiz mumkin.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...
KunTun
KunTun