OQ OSTONA BOBO YODGORLIK MAJMUASASINI ZIYORAT QILISHDI

Date:

Surxondaryo viloyatining shimoliy-sharqidagi Telpak-Chinor qishlog‘i yonida joylashgan va Muhammad (s.a.v.) Payg‘ambarimizning sahobalari avliyo Abu Xurayra dafn etilgan joy Oq ostona maqbarasi nomi bilan mashhur. Maqbaraga mahalliy aholi va uzoq, yaqindan kelganlar ziyorat bahonasida tashrif buyurishadi. Qo‘llarini duoga ochib, o‘tganlarni yod etishadi.

“Keksalar haftaligi” doirasida uzunlik nuroniylar tabbaruk qadamjo bo‘lmish Oq ostona bobo ziyoratida bo‘lishdi.

Buyuk ajdodimiz Abu Hurayra Raziallohu anhu bobomiz ruhi poklari yodga olinib, Vatan tinchligi va osoyishtaligiga shukrona keltirishdi. Qur’on tilovat qilindi hamda shu joyning o‘zida pir-u badavlat nuroniylarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
Oq ostona bobo ziyoratgohi tarixi haqidagi suhbatlar maroqli va ibratli voqealarga boyligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun