Bolalarning orzusi ushaladigan bo‘ldi

Date:

Sardor sinfdoshiga havas qiladi. U hovli uyda yashaydi va o‘rtoqlari ham juda ko‘p. Do‘sti yozgi ta’tilda miriqib futbol o‘ynagani, cho‘milishga borganini, xullas vaqtini maroqli o‘tkazganini aytib berganida ham hammaning e’tiborini tortgan edi. Sardor esa ko‘p qavatli uylarda yashaydi. O‘ynayman desa na o‘yingoh va na sport maydonchasi bor. Oyisi ham mashinalar qatnovi tinimsiz o‘tadigan ochiq maydonda o‘g‘lini tushib o‘tirishini istamaydi.

Sherobod tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi barcha bolalar Sardor yanglig‘ uylari yonida bolalar maydonchasi bo‘lishini orzu qiladi. Davlatimiz rahbarining PQ-5152-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturi asosida bolalarning orzusi ushaladigan bo‘ldi. Sababi ushbu ko‘p qavatli uy yonidan bolalar maydonchasini qurish ishlari boshlab yuborildi.
Mo‘jazgina maydonchada sirpanchiq, belanchaklar-u, tanni chiniqtiruvchi turli detallar o‘rnatilayotir. Qulay hamda zamonaviy sharoitga ega ushbu o‘yingoh foydalanishga topshirilgach, bu yerda bolajonlar vaqtini mazmunli o‘tkazadi. Qolaversa, jismonan chiniqib, salomatligini mustahkamlaydi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun