Hayot va xayol uyg‘unligida yaratilgan asar

Date:

Kim uchundir kitob chop etish qiyin ish emas. Havoyi hislar yo‘g‘rilgan satrlar to‘planib, bitta semiz kitob bo‘lsa-da, o‘qishli bo‘lmasa, o‘z o‘quvchisini topa olmasa, uning bahosi sizga yaxshi ayon… Hayot va xayol chegarasida tutashib, hayajon, og‘riqlar, azoblar yurakni chimdilab o‘tgan dard ila tug‘ilgan she’r yoki asarning yuki bo‘ladi. Buni o‘quvchi ham his etsa, biroz o‘ylansa, demak uni haqiqiy ijod mahsuli deyish mumkin. Haqiqiy she’r-u hikoyalar jam bo‘lgan to‘plam esa shubhasiz ko‘krak kerib aytish mumkinki, u kitob.
Angor tumanida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan faxriy jurnalist, uyushmaning viloyati bo‘limiga uzoq yillar rahbarlik qilgan Norquvvat To‘rayevning “Hayot va xayol” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mo‘jazgina kitobda muallifning eng sara maqolalari, esse va hikoyalari o‘rin olgan. Ularni o‘qigan kitobxon yoshlar borki, o‘zlari uchun olam-olam taassurotlar oladi. Jurnalistika, adabiyot maydonida qalam tebratmoqlikning zahmatini sezgandek bo‘ladi. Muallif maqola va esselarida qahramonlar hayoti, xayoloti yorqin ranglarda tasvirlanadiki, bir butunlikni, uyg‘unlikni his etgan o‘quvchi, albatta, ijodga oshno bo‘lishi aniq. Ayniqsa, jurnalistika sohasiga qiziquvchi yoshlarning ilk odimlarini tashlashlarida ushbu kitob kuch bersa, yuraklaridagi olovni yanada alangalatsa, ajab emas.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar ham ayni shu xususda to‘xtalish bilan birga, muallifning ba’zi hikoyalari haqida to‘xtalib, o‘quvchilarda ushbu kitobni o‘qishda qiziqish uyg‘otdi.
Taqdimotda muallifning yangi kitobi tadbir ishtirokchilari va kutubxonaga tuhfa qilindi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun