Qo‘g‘irchoq teatri jamoasining bolalarga tuhfasi

Date:

Quyon va Tipratikan haqidagi ertakni ko‘p eshitganmiz. Ularning poyga uyushtirib, Tipratikanning firibi sabab g‘olib bo‘lgani haqidagi multfilm esa hozir tomosha qilgandek yodimizda. To‘g‘ri-da, maqtanchoqlikning, birovning ustidan kulishning oqibati shunday bo‘ladi, degan o‘y ham xayolimizdan o‘tgani aniq. Ha, ertaklar ana shunday qudratga ega. Ular bizni yaxshilikka, ezgulikka chorlaydi. Illatlardan qochib, fazilatli bo‘lishga undaydi. Demak, ertag-u hikoyalar, umuman badiiy adabiyotlarlar hamrohimiz bo‘lar ekan, ma’nan, ruhan undan kuch olamiz.

Ta’lim va tarbiya olish bilan mashg‘ul o‘quvchi-yoshlarni adabiyotga, san’atga, kitobxonlikka jalb etish orqali ma’naviy dunyoqarashini o‘stirish maqsadida maktablarda doimiy tarzda tadbirlar, uchrashuvlar, adabiy kechalar uyushtirilib turiladi. Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabiga Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasining tashrifi o‘quvchilarni xursand qildi.
Sababi ular quruqqo‘l bilan emas, yangi ijodiy mahsullari bo‘lmish — ajoyib sahna tomoshasini taqdim etish uchun kelishgan.

1-7-sinf o‘quvchilari hukmiga havola etilgan “G‘aroyib musobaqa” nomli asar quyon va tipratikanning sarguzashtlari haqida. Namoyish kulguli sahnalarga boy bo‘lishi bilan birga kishini o‘ylashga, mushohada etishga chorlaydi. Spektakl yosh tomoshabinlar qalbida vatanparvarlik, odillik, to‘g‘riso‘zlik va mardlik tuyg‘ularini mustahkamlashga, yaxshilik doimo yomonlik ustidan g‘alaba qozonishiga ishonchni mustahkamlaydi.
Rejissyor B.Imomov tomonidan sahnalashtirilgan ushbu asar bolajonlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...
KunTun
KunTun