“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

Date:

Joylarda tashkil etilgan tag‘ibot tadbirlari, el ardog‘idagi insonlar bilan uchrashuv, konsert dasturlari ma’naviyatning eng yaxshi targ‘iboti deyish mumkin bo‘lsa, mehmonlarning quruq qo‘l bilan kelmagani esa voha ahlini yanada quvontirdi. Eng yaxshi sovg‘a shubhasizki, kitob. Aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlodni mutolaaga bo‘lgan mehrini yuksaltirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan jahon va milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat 5 mingdan ziyod nusxadagi kitoblarni o‘z ichiga olgan “Kitob karvoni” Termiz shahridan viloyatning 14 ta tumaniga yo‘l oldi.

O‘z manziliga yetgan sara adabiyot durdonalaridan kitobxon yoshlar bugun, erta yoki indin emas, balki uzluksiz, doimo mutolaa qilishadi, eng yaqin do‘sti sifatida hamrohlariga aylanadi.

Demak, ishonch bilan aytish mumkinki, ma’naviyat targ‘iboti 5 kunlik targ‘ibor emas, u yillarga tatigulik targ‘ibotdir. U ko‘ngil ko‘zlarimizni yoritib, ong-u shuurimizni bitmas-tuganmas bilimlar, taassurotlar bilan boyitib, taqdirimizda o‘ziga xos burilish yasashi shubhasiz.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun