Xatakda o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi

Date:

Shubhasizki, har bir kishi ta’lim olishni, ma’lum bir kasb-hunar egasi bo‘lishni maqsad qiladi. Hunarli kishi hunari ortidan nafaqat o‘ziga, balki, jamiyatga, el-ulusga ham naf keltiradi. Harbiy qismda xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiylarning rafiqalari uyda vaqtini bekor o‘tkazishni istamadi.

Ayni ular uchun Sherobod tumanining “Xatak” qishlog‘ida tikuvchilik, qandolatchilik, kompyuter savodxonligi yo‘nalishlarida o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi. O‘quv mashg‘ulotlarini ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun keng va shinam xonalar tashkillashtirilgan bo‘lib, zamonaviy qandolatchilik jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan. Ayniqsa, bolalar uchun alohida o‘yinchoqlar bilan to‘la burchak shakllantirilgani ayollarga qo‘shimcha qulaylik yaratib, bolajonlarga quvonch bag‘ishladi. Maqsad esa xotin-qizlar uchun kerakli sharoit yaratish va ularni tadbirkorlikka jalb qilish.
Tashabbusda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Boymurodova, Surxondaryo viloyati tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi Sherobod tuman bo‘limi rahbari D.Davlatova hamda chegara hududlari bo‘yicha harbiy qism tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari H.Yusupovlar ishtirok etdi.

Harbiy qismda 20 nafar ayol o‘quv kurslarida o‘qib, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashi quvonarli hol. Kelajakda bu kabi o‘quvlar harbiy qismning “Qizil olma”, “Vandob” hamda “Oqtosh” bo‘limlarida ham olib borilishi rejalashtirilgan.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun