15 kishi ishli bo‘ldi

Date:

Un narxi bilan bog‘liq muammo rivojlanayotgan davlatlar, umuman rivojlangan dunyoda pandemiya boshlangandan buyon eng katta muammolardan biriga aylandi. Jahon oziq-ovqat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida don mahsulotlari narxining o‘sish tempi 17 foizdan yuqori bo‘lgan. Buning asosiy sababi bug‘doy narxining o‘sishi hisoblanadi.

Termiz tumanida “SITY SNAB” MCHJ tomonidan un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani esa voha ahlini quvontirgani haqiqat. Bu xabar bug‘doy uni, non va non mahsulotlarining tanqisligi yuzaga kelishi haqida tashvishlardan holi qilgandek bo‘ldi.

Loyihaning umumiy qiymati 10 milliard 540 million so‘m bo‘lib, korxonada o‘rnatilgan zamonaviy uskuna va jihozlar Xitoy davlatidan keltirilgan. Ishlab chiqarish quvvati esa yiliga 25 ming tonnani tashkil etadi. 15 nafar ishsizni ish bilan band etgan korxonada ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning 40 foizi ichki bozorga, 60 foizi qo‘shni davlatlarga eksport qilinadi.

S.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun