Robotlar jangi

Date:

Fan-texnika rivoj topgan asrda yashayapmiz. Robotlar, qandaydir uskunalar yasash bugun yosh bolaning-da qo‘lidan keladigan mashg‘ulotga aylangan. Ularning funksiyalari, qanday vazifalarni bajara olishiga qarab turlayverasiz. Viloyatimizdagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida esa o‘g‘il-qizlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib kelishayotir. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan ko‘nikmalarini shakllantirib, mikrobloklar, robotlar yasashyapti.

Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida esa “Besh tashabbus axborot texnologiyalari” shiori ostida “Robotlar jangi” hududiy musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa qizg‘in kechdi. Tomoshabinlar texnikalarning jangini tomosha qilib, zavq-shavqqa to‘ldilar. His-hayajonga to‘la hayqiriqlar, qarsaklar musobaga o‘zgacha shukuh bahsh etdi. Boysun tumanining “Barkamol avlod” bolalar maktabining nomini munosib himoya qilgan Tohir Muhammadiyev yasagan robotga teng keladigani topilmadi va 1-o‘ringa loyiq topildi. Jarqo‘rg‘onliklar 2-, sho‘rchiliklar esa 3-o‘rinni band etishdi. Ularga tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun