Kimlarga maktab formasi sotib olinishida ko‘maklashiladi?

Date:

Ha demay yangi o‘quv yili ham boshlanadi. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi joriy etiladi. Bu xabar qulog‘iga chalingan ota-onalarning ko‘pchiligi turgan gapki, farzandining injiqliklariga nuqta qo‘yilganidan xursand bo‘lsa, bu xabardan o‘ylanib qolgan ota-onalar ham yo‘q emas. Har yili yangi ust-bosh olib berishga imkoniyati yetmasligi, o‘tgan yilgi formasini kiyishi uchun tayyor qilib qo‘yganlar ham yo‘q emas. Aytmoqchi bo‘lganimiz esa ana shunday o‘ylovdagi ota-onalarni xursand qilishi aniq. Sababi kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashiladi.
Yana bir gap, joriy yilning 10-avgustidan har bir tuman va shaharda maktab formasi ishlab chiqaruvchilarning shoxobchalari tashkil etiladi. Maktab formasini qayerdan va qanday tartibda olish kerakligi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘risidagi e’lon maktablarda joylashtiriladi va ona-onalarga kerakli tushuntirish berish ishlari olib boriladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun