Xatakdan noyob topilma…

Date:

Vohamizdagi bir guruh arxeolog olimlar qoyatosh suratlarini izlab o‘tgan yili Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasi, Xatak bo‘limi, Bog‘li dara massivida bo‘lishgandi. Xatak daryosining o‘ng sohilidagi baland qoya toshlar oralab yurib, u yerdagi g‘or e’tiborni tortgandi. Qizig‘i, bu yerda neondertal tipidagi odamning ro‘zg‘orini butun holati saqlangan holda chiqqani bo‘ldi. Olimlar shu muddat ichida bir necha bor borib ko‘rishdi va ekspeditsion qazishma ishlarini boshlab yuborishdi.

Qazishma davomida vertikal qoyaning yuzasida 15-20 metr balandlikda hosil bo‘lgan va kirish juda qiyin bo‘lgan ushbu g‘orda toshdan yasalgan qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100-60 ming yil oldin yashagan neandertal odami hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq o‘choq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi.

Bu manzara 100 ming yil avval yashagan ibtidoiy odamning ro‘zg‘ori, madaniyati, yashash tarzini yoritib berayotganidan dalolat beradi.
Boshqa tomondan esa ko‘ngildan kechadigani ajib hislar… aynan biz yashaydigan hududda ham nechadir ming yilliklar oldin ham odamlar yashagan, hayot borligini ana shu manzara isbotlab berishi, uni o‘rganish esa yanada kattaroq zavq berishi aniq. G‘orning fan uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Surxondaryo viloyatining nafaqat tog‘li Boysun tumani, balki Sherobod tumani ham ilk insonlar makoni bo‘lgan ekan deb aytish mumkin.
Ayni paytda O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi hamda Avstraliyaning Griffet universiteti xodimlari tomonidan qazishma ishlari davom etayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun