“Yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlaymiz”

Date:

Mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan yangilanishlar Konstitutsiyaviy tuzatishlarni taqozo etadi. Takliflar berish jarayoni va qonun loyihasi muhokamasida xalqimizning faol ishtirok etayotgani ularning shu Vatanga daxldorlik tuyg‘usi mustahkam ekanini ko‘rsatayotir. Konstitutsiyaviy islohotlar xalq manfaatlarini ta’minlab, ishonchli himoya qilishga qaratilgan huquqiy normaga aylanishi shubhasiz.

Shu sababdan ham Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Bandixon tumanida bo‘lib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning Yangi O‘zbekistonni yangi bosqichda rivojlantirishdagi o‘rni, inson qadrini ulug‘lashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Qolaversa, muhokamada so‘zga chiqqan yosh-u keksa bu kabi o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib, Vatanimizda kechayotgan olamshumul islohotlarning bevosita ishtirokchisi bo‘lishga intilib yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlayotgani haqida gapirishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun