Ezgulik safarida onasiga yo‘ldosh chempion

Date:

Inson Yaratgandan farzand ato etishini so‘rab iltijo qilar ekan, avvalo, suyanchig‘im, tirgagim, hayotim quvonchi bo‘lsin, jamiyatda munosib o‘rniga ega inson bo‘lib, yuzimni yorug‘ qilsin, deya ezgu niyat qiladi.

Butun dunyoga ma’lumu mashhur Bahodir Jalolovning pahlavonligiga, sportdagi yutuqlariga barchamiz birdek havasmandmiz. Kezi kelsa, “O‘g‘lim, Bahodirdek champion bo‘lsin, deya dilimizga tugamiz. Kamtarligi erishgan yutuqlaridan-da ziyoda ushbu vohadoshimizning yana bir o‘rnak olarli jihati ham borki, u onasini boshida ko‘tarishga-da tayyor. Bir farzand bo‘lsa shunday bo‘larda, deya bu jihatiga ham barakalla, degimiz keladi.

Internetda tarqalgan bir xabar diqqatimni tortdi: “Sariosiyo o‘g‘loni, jahon hamda Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov  volidayi muhtaramalari bilan birga haj ibodatini ado etish uchun Madina shahriga yetib bordi”.

Bu xabar uncha onalarning dilini charog‘on etgan bo‘lsa ajab emas. Ba’zi bir nonko‘r, onasini mensimaydigan, kezi kelsa, quloqsizligi tufayli onaizoriga dashnom olib keladigan, o‘zini o‘g‘ilman, deb yurgan insonlar chempiondan o‘rnak olsa arziydi.

Bir o‘ylab ko‘ringda, onaga yaxshilik qilish, uning ko‘nglini olish va unga mehr ko‘rsatish uchun sizu bizdan hech narsa talab qilinmaydi. Faqatgina ozgina e’tibor va g‘amxo‘rlik kerak xolos.

Bir narsa aniqki, onani tirikligida asrab-avaylash, mehr ko‘rsatish kerak. Keyin afsus chekishning esa azobi qattiq.

Uzun qo‘l-oyoqlari, barvasta gavdasi, sportdagi mashqlaridan-da Bahodirning dunyoga tanilib, kuragi yer o‘pmayotganida onaizorining duolarining nafi ko‘proqdir balki.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun