IIB boshlig‘ining sa’y-harakati bilan “Orzu”da to‘y bo‘ldi

Date:

Savobli va ezgu ishlar hayotimiz naqshiga aylanadi, o‘zimizga zeb beradi. O‘zgalarning ko‘ngil uyini obod etib, og‘irini yengil qiladi.

Ha, savob ishlar har ikki tomonga ham ana shunday ajib hislarni tuhfa etadi. Eshitgan ko‘ngillar ham zavq-shavqsiz qolmaydi, albatta. Inson qadrini ulug‘lovchi surxonliklarning hali Termiz shahrida, hali Qiziriq tumanida yaxshi niyat ila boshlangan sunnat to‘ylarining daragini eshitgan edik. Bu galgi tashabbus Jarqo‘rg‘onda bo‘y ko‘rsatdi.

Tumanning 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i Sh.Allamurodovning sa’y-harakatlari bilan “Orzu” to‘yxonasida 10 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi. Unda saxovatpesha homiylar ko‘magida bolalarga to‘y dasturxoni bezitilib, sovg‘a-salomlar ulashildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun