“Yosh bolali onalar ham qatnab, hunar o‘rganishlari mumkin”

Date:

Bugun ishsizlik muammo emas, xafsalasizlik muammo. Sababi ishlayman deganga imkon topilayotir. Davlat tashkilotlari bilan bir qatorda NNTlari ham ko‘plab loyihalar orqali insonlar mushkulini oson, og‘irini yengil qilyapti.

Xususan, “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazida “O‘zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ta’lim, o‘zaro muloqot va zaif guruhlarning radikallashishiga qarshi barqarorligini oshirish orqali zo‘ravon ekstremizmning oldini olishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tikuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik, hunarmandchilik kabi bir qator kurslar tashkil etilgan. O‘qish butunlay tekin bo‘lib, ishtiyoq va zehn bo‘lsa kifoya.

So‘nggi bir necha yil davomida ayni shu markazning xizmati va tashabbusi bilan qandacha-qancha xotin-qizlar va ishsiz aholi qatlami hunar o‘rgandi. O‘z ishi va doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Yana bir jihat ahamiyatliki, oilada ayol kishi ishlayman desa ro‘zg‘or tashvishlari, farzandi qarovsiz qolishi mumkinligi haqiqiy muammoga aylanib, uyda o‘tirishga mahkum bo‘lgan bo‘lsa, ushbu markaz bu muammoga ham munosib yechim topa oldi. Asosiysi, ishlayman deganga hech qanday to‘siq bo‘lmasligi lozim.

Endilikda “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy ma’rifat markazida tashkil qilingan kurslarga yosh bolali onalar ham qatnab, hunar o‘rganishlari mumkin. Sababi ayni ular uchun ham markazda yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Ya’ni alohida tashkil qilingan bolalar xonasida kurslarda ishtirok etayotgan ishtirokchilarning farzandlari vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari mumkin. Mashg‘ulotlar tugashiga qadar bolajonlar nazoratda bo‘lishlari, ularning onalarini-da xursand qilyapti.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun