“12 ta ko‘cha bo‘yicha qizlar va yigitlar o‘rtasida 12 tadan jamoa tashkil etilgan”

Date:

Insonda ishtiyoq bo‘lsa, har qanday muammoni yechish mumkin. Angor tumanining “Kayran” mahallasi yoshlar yetakchisi Ahror Ahmedov ana shunday ishtiyoqi baland yoshlardan. Ayni uning tashabbusi bilan mahalla qoshida “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyat yuritmoqda. Markazda bekorchilikni hush ko‘rmaydigan, ichida kasb o‘rganish ishtiyoqi bilan yonayotgan o‘g‘il-qizlar taklif etilgan va hunar o‘rganmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda mahalla 3-sektor hududida joylashgan va 4792 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan
1 207 nafarini 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Mahalla ahlining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo‘lgani uchun monomarkazda ayni shu yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitilyapti. Ular qisqa muddatlarda hunar o‘rganishlari, so‘ng imtiyozli kredit asosida o‘z ishlari ega bo‘lib, o‘zi va o‘zgalarni-da ish bilan band qilib daromad ko‘rishlari mumkin. Qanchadan-qancha yigit-qizlar o‘z yo‘llarini tanlashlarida monomarkazning o‘rni va ahamiyati katta.

Qolaversa, bu yerda to‘garaklar ham tashkil etilgan bo‘lib, turli tanlovlar, sport musobaqalari tez-tez uyushtirib turiladi.

— Mahallamizdagi 12 ta ko‘cha bo‘yicha qizlar va yigitlar o‘rtasida12 tadan jamoa tashkil etilgan, — deydi “Kayran” mahallasi yoshlar yetakchisi Ahror Ahmedov. — Futbol va voleybol musobaqalari doimiy o‘tkazib kelinadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun