Seminarda “Vijdon saratoni” namoyish etildi

Date:

Korrupsiya mamlakat ildizini yemiruvchi, fuqarolarda davlat siyosatiga nisbatan passiv munosabatni shakllantirguvchi illatdir. Korrupsiya holatlari mavjud bo‘lgan davlatda o‘sish, rivojlanish bo‘lmasligi turgan gap. Boshqacha qilib aytgandi, korrupsiya mamlakatni taraqqiyotdan to‘sib turuvchi devor misoli. Shu sababdan hanuzgacha uning iskanjasidan butkul ozod bo‘lish asosiy masala bo‘lib qolmoqda.

Yurtimizda korrupsiya hamda mahalliychilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qancha ishlar bajarilib kelinayotir. Denov tumanidagi Pedagogika va tadbirkorlik instituti va Termiz shahrining “Imom Termiziy” ilmiy-tadqiqot markazida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari uchun “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy xulqni shakllantirish” mavzusida seminar o‘tkazilgani buning yaqqol misolidir. Seminarda shahar va tumanlar mahallalarida ishlayotgan hokim yordamchilari va boshqa vakillar ishtirok etdi.
Seminar davomida mamlakatimizning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, bu boradagi qonunchilik va olib borilayotgan keng ko‘lamli tizimli ishlar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish ishlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Korrupsion holatlarga aralashish inson ongini, vujudini zaharlaydi, uni gunoh ishlarga yetaklaydi. Bejizga Dante o‘z asarida korrupsiyaga har qanaqasiga aloqasi bo‘lgan shaxslarni do‘zaxning eng tubiga tashlamagan. Muqaddas kitobimiz Qurʼoni karimda ham poraxoʻrlik bevosita taqiqlanadi: “Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang” (Baqara surasi, 188).
Seminar yakunida korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan “Vijdon saratoni” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun