“173 nafar fuqaro mutaxassislarning maslahatlarini olishdi”

Date:

Yurtimizda aholi salomatligi yo‘lida katta ishlar amalga oshirilayotgani, tez-tez viloyat, shahar va tuman, chekka-chekka hududlar miqyosida tibbiy ko‘riklarning tashkil etilayotgani sog‘lik uchun tashlangan muhim qadamlar deyish mumkin.

Tibbiy ko‘rik yaxshi, og‘riq va kasallik bezovta qilayotgan bemor bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tib, malakali muaxassisdan tashhis oladi. Dori-darmonning-da bepul tarqatilishi esa yanada qulaylik yaratadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun bu eng katta madaddir.

Angor tumanining “Navbahor” mahallasida “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining tibbiy-ijtimoiy patranaj brigadasi tomonidan aholi oʻrtasida tibbiy koʻrik oʻtkazildi va tibbiy koʻrikka kelganlarning tashxisiga koʻra bepul dori-darmon tarqatildi.

Aytish kerakki, tibbiy ko‘rik yosh-u keksani e’tiborsiz qoldirmadi. Ular hol so‘rab kelguvchilarga o‘zlarini bezovta qilayotgan og‘riqlar haqida aytib, aniq tashhis olishga erishdilar. Koʻrik davomida 173 nafar fuqaro mutaxassislarning maslahatlarini olishdi. Ayniqsa, tibbiy tekshiruvdan oʻtish bilan bir qatorda mahalla ahli turli kasalliklarning oldini olish boʻyicha qimmatli maʼlumot va tavsiyalarga ham ega boʻlishgani nur ustiga nur bo‘ldi.

Sohibjamol Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun