Festival doirasida viloyat yosh baxshilar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Date:

Yosh baxshilar davraga chiqib o‘zini ko‘rsatadigan, ovozi va do‘mbirasi sehri ila Surxon yoshlarini maftun etadigan fursat keldi. Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida viloyat yoshlar festivali doirasida tashkil etilgan yosh baxshilar ko‘rik-tanlovi esa eng yaxshi sabab va bahona bo‘ldi deyish mumkin.

Yosh baxshilar uslubi, o‘ziga xos baxshichilik an’analari ila avj pardalarda kuylashi asosiy mezon qilib olinib, baho beriladigan tanlovda ishtirokchilar o‘z iqtidor va mahoratlarini ishga soldilar.

Har bir hududdan ikki nafardan, jami 30 nafar yosh baxshi qatnashgan tanlovda ishtirokchilar uch guruhda o‘zaro bellashdilar. Birinchi guruhda guruh 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan iqtidorlar, ikkinchi guruhda 16 yoshdan 22 yoshgacha va uchinchi guruhda 23 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan baxshilar bor edi.
Tanlovda Olim Aliqulov 1-o‘ringa, Shahriyor Toshtemirov 2-, Diyor Rasulov esa 3-o‘ringa munosib topildi. G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan baxshilar ham esdalik sog‘alari bilan mukofotlandi.

Mana shunday ko‘rik-tanlovlar iqtidorlarning yuzaga chiqishida katta maktab vazifasini o‘taydi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun