Festivalga start berildi

Date:

Yoshlar kuni yaqinlashishi yoshlar festivalidan darak bergandek bo‘ladi. Bu festival yoshlar uchun katta bayram, shodiyonaga aylanib ketadi. Sayllar, sport musobaqalari, kitobxonlik kechalari-yu, bilimlar bellashuvi, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, bayram dasturlari kishiga estetik ruh, bayram kayfiyatini bermay qolarmidi.

Ayniqsa, yoshlar kunidagi gala konsert, taqdirlash marosimi xotiralarda o‘zgacha kun sifatida muhrlanadi.
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi bu galgi yoshlar festivali Sherobod tumanida boshlandi va velomarafonga start berildi. Tuman hokimligi, tuman IIB, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan velomarafonda tuman yoshlari bilan birgalikda faol xotin-qizlar ham ishtirok etdi.
Start chizig‘ida saf tortgan yoshlar ko‘zidagi ishonch va qat’iyatni ko‘rib, har biri g‘oliblikka da’vogardek tuyiladi. Ammo, marra chizig‘igacha bo‘lgan yo‘l, undagi odimlar havas qilgulik. Tanga sog‘lik, bir olam shijoat bahsh etayotgan velomarafonda ishtirok etishning ham, tomosha qilishning ham o‘z gashti bor. Festival bahonasida jam bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘z mahoratlarini ishga soldilar. Natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida “Chuqurko‘l” mahallasi vakili, qizlar o‘rtasida esa “Chag‘atoy” mahallasi vakilasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun