“750 nafar o‘g‘il-qiz ko‘ngildagidek hordiq chiqarayotir”

Date:

Yozgi ta’tilga chiqqan o‘quvchilar bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazish haqida o‘ylab bosh qotirishmayapti. Sababi maktablarda tashkil etilgan oromgohlar bosh qotirishga fursat qoldirmayapti. Angor tumanida yoz mavsumida bolajonlarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish maqsadida joriy yilning 2-iyun kunidan boshlab ana shunday oromgohlar faoliyatini boshladi va 750 nafar o‘g‘il-qiz ko‘ngildagidek hordiq chiqarayotir.

Xususan, 14-sonli umumta’lim maktabida ham bolajonlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
“Besh tashabbus” g‘oyalarini o‘zida singdirgan dastur asosida ishlayotgan pedagoglar va yoshlar o‘rtasida samimiy va do‘stona munosabat hukmron. Turli sport o‘yinlari tanni chiniqtirish bilan birga zavq-shavqqa to‘lib musobaqalashishyapti. Shaxmat va shashkada mahoratlarini ishga solishsa, merganliklarini sinovdan o‘tkazayotgan bolalar amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalarni ustozlaridan o‘rganayotir. Zero, amaliyot bilan uyg‘unlashgan har qanday ko‘nikmaning yodda qolishi oson kechadi.

Qolaversa, san’atga oshno ko‘ngillar qo‘shiq kuylash, raqs tushishda yanada sayqallanyapti.
Qiz bolani oilaga tayyorlash, mehnatkashlikka, yaratuvchanlikka o‘rgatish o‘zlikka xos, madaniyatimizga mos bo‘lgan an’ana. Shu sababdan o‘quvchi-qizlar tikish-bichish, pazzandalik sirlarini o‘rganishni boshlab yuborishgan.

Bir so‘z bilan aytganda jarayonni kuzatgan borki, yozgi ta’til foydali va maroqli o‘tayotganiga amin bo‘ladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun