Bekkam ayaning ibrati

Date:

Bilim, amaliyot bilan boyigan tajriba insonni doimo yetuklikka yetaklaydi. Jamiyatga, atrofdagilar va oilasiga kerakli shaxsga aylantiradi. Bekkam aya Muzaffarovaning bilimlari, hayotiy boy tajribasi ana shunday insonga aylantirdi. El oldiga obro‘, hurmat qozonishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, farzand va nabiralar tarbiyasida o‘z yo‘li va maktabini yaratishga as qotdi. Aya hozirda 76 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da, qo‘li mehnatdan qolgani yo‘q. Yosh avlodga shijoati, mehnati bilan o‘rnak va namuna. Hovlisidagi bir qarich yerni-da bekor qo‘yishni istamaydi. Gullatib-yashnatishni, nihol o‘stirib, mehnatidan hosil olishni hush ko‘radi. Kaftdekkina yerida 500 tupdan ziyod 8 turdagi uzum navlarining shig‘il-shig‘il hosil berib turgani ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Bekkam aya ro‘zg‘orda, tarbiyada bekam-u ko‘st.
Qumqo‘rg‘on tumani “Jiydali” mahallasida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” shiori ostida o‘tkazilgan viloyat seminari ishtirokchilari uchun Bekkam aya Muzaffarovaning xonadoni namuna sifatida ko‘rsatildi.
Tashrif davomida onaxon mehnatlari e’tirof etildi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Qahramon ayolning qimmatli fikrlari, maslahat va nasihatlari esa seminadagi esda qolarli master-klass bo‘ldi. Mana shunday insonlar ibrati yosh oilalarning mustahkam bo‘lishiga eng yaxshi maktab vazifasini o‘tashiga shubha yo‘q.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun