“Huquqiy savodxonlik fazilati shaxs – jamiyat – davlat munosabatlariga muhim ta’sir ko‘rsatadi”

Date:

Huquqiy savodxon fuqarolariga ega bo‘lgan jamiyat yuksaladi va hech qachon zavol ko‘rmaydi. Yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.Soburov fikricha, “Huquqiy ong — bu ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular va tasavvurlar yig‘indisidir”. Yurtimizda har bir shaxs o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masala hisoblanib, bu borada, ayniqsa, yoshlarga keng e’tibor berib kelinmoqda. Shu maqsadda, ya’ni talaba-yoshlarning bilimini, qolaversa, huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi partiyaning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturiga muvofiq Surxondaryo viloyati kengashi va Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti hamkorligida “Yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularni partiyalar faoliyati bilan boxabar qilib borish partiyaning asosiy vazifasi bo‘lsa, yoshlar va xotin-qizlarning siyosiy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish tadbirning maqsadidir.

Tadbirda O‘zMTDP Surxondaryo viloyat Kengashi xodimlari, partiya faollari, psixolog, Pedagogika institutining o‘qituvchi va talabalari faol ishtirok etishdi. Ushbu davra suhbati O‘zMTDP Surxondaryo viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Xo‘jaqulov Ulug‘bekning kirish so‘zi bilan boshlandi. U talabalarni yurtimizda sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlarga nisbatan uyg‘oqlikka chorlab, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish, saylov jarayonlarida faol qatnashib, o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan to‘laqonli foydalanishga undadi.

Viloyat Kengashining bosh mutaxassisi Jamshid Aliyev o‘zining jo‘shqin nutqi bilan davraga o‘zgacha fayz kiritdi. Talabalarni insholar tanlovida qatnashishga, tashabbuskorlikka chorladi. Talabalarning qiziqqan savollariga qisqa, lo‘nda va tushunarli tarzda javob berib o‘tdi. Psixolog Zilola Mengnorova esa suhbat qatnashchilari orasidagi zerikishlarni bartaraf etish va ularni diqqatini qaratish maqsadida turli trening-mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Huquqiy savodxonlik fazilati shaxs – jamiyat – davlat munosabatlariga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy bilimga ega bo‘lgan shaxslar o‘qishda bo‘lsin, ishda yoki boshqa bir sohada vujudga keluvchi muammolarni tinch va holisona hal etish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Yoshlarning huquqiy jihatdan bilimga ega bo‘lmasligi, nafaqat o‘zlari uchun, balki jamiyat uchun ham katta fojia. Bilimsizlik nafaqat o‘z haq-huquqidan foydalana olmaslik, balki o‘z burchini bilmaslikni ham keltirib chiqaradi. Shu sababdan bu kabi targ‘ibotlar nafaqat yoshlar uchun, balki barcha mamlakat fuqarolari uchun ham birdek katta ahamiyatga ega. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan bir necha talabalar hamda tashkilotchilar estalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun