Surxondaryoda eng faol hokim yordamchilari taqdirlandi

Date:

Uzun tumanidagi “Yangi ro‘zg‘or” mahallasiga hokim yordamchisi sifatida O‘tkir Raximov tayinlangandan buyon mahalla ahli hayotida tub burilishlar, yaxshi o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. 30 nafar fuqaro oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, 29 nafar ishsiz qiziqishi va layoqatidan kelib chiqib, kasbga o‘qitildi, bandligi ta’minlandi. Ayniqsa, mahallaning Nurafshon ko‘chasida 1,5 kilometrdan ortiq qismda voish usulida uzum yetishtirishning yo‘lga qo‘yilgani, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida boshlangan ishlarning davomi sifatida e’tirof etarli bo‘ldi. Tadbirli ishlar boshida turgan hokim yordamchisi O‘tkir Raximovning bunday tashabbusidan, tavsiyalaridan asosiysi xalq rozi va xursand.

Ha, joriy etilgan lavozim — hokim yordamchilaridan mas’uliyat, shijoat bilan tashabbus ko‘rsatib, aholi farovonligi yo‘lida yuqori natijalarni ko‘rsatish maqsad qilingan edi. To‘g‘ri, ular orasida ishlamagan o‘ziga zarar qilgandir, ammo ishlagan yuqori marralarga yetib ulgurdi. Chunki ayni hokim yordamchilari orasidan hokimlar tayinlanayotgani ham lavozimga munosiblar saralanganini ko‘rsatadi. O‘tgan qisqa fursatda kimdir o‘zini namoyon eta oldi, kimdir esa yo‘q. Vakolati doirasidan ortig‘idan-da ko‘proq natijalarga erishganlarning faoliyati esa tahsinga sazovor. Shu maqsadda joriy yilning birinchi choragida mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyatimizdagi mavjud mahallalarga biriktirilgan 721 nafar hokim yordamchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha “Onlayn mahalla” platformasi orqali avtomatik ravishda baholandi. Shundan, 58 nafari “a’lo”, 182 nafari “yaxshi”, 218 nafari “qoniqarli” va 263 nafari esa “qoniqarsiz” deb baholangan.
Eng yaxshi natijani ko‘rsatgan Uzun tumanidagi “Yangi ro‘zg‘or” mahallasiga hokim yordamchisi O‘tkir Raximov Prezidentimiz tomonidan ajratilgan sovg‘a “MacBook Pro” noutbuki bilan taqdirlandi. Shuningdek, faoliyati namunali baholangan Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Oltinsoy tumanlaring 51 nafar hokim yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Sho‘rchi tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Fayzulla Mamanov ushbu tashakkurnomalarni topshirdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik inspektor lavozimi joriy etiladi

Kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy...

Kambag‘al oilalarga subsidiya ajratiladi

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari...

Termiz “Inklyuziv” shaharga aylanmoqda

So‘nggi paytlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzu — inklyuziyadir....

Kitob o‘qisa, jazo muddati qisqartiriladi

Kitob o‘qishni foydasi haqida bot-bot to‘xtalamiz. Dunyoqarashimizni kengaytiruvchi kitoblarning...
KunTun
KunTun