Klinika foydalanishga topshirildi

Date:

Tish og‘rig‘idan yomoni bo‘lmasa kerak. Uyqungiz ham, xalovatingiz ham yo‘qoladi. Faqat oldirib yo davolatib qutilasiz. Chekka hududlarda esa biz istaganday har qadamda ham stomatologiya klinikalari uchramaydi. Buning uchun tuman markazi yoki shaharga borishga to‘g‘ri keladi. Topilgan taqdirda ham ko‘rsatiladigan xizmatlar sizni qoniqtirmasligi mumkin.

Sharg‘un shahrida ham aholi ana shu muammo sabab qiynalishi rost. Ammo, yosh tadbirkor Radju Bobonazarov munosib yechim topdi. Uning tashabbusi bilan “Erkin ota denta klinikasi” foydalanishga topshirildi.
Klinikada yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat turlari muammoyingizni hal etib, og‘rig‘ingizni aritadi. Ayniqsa, Germaniya hamda Koreya davlatlaridan olib kelingan so‘nggi rusumdagi asbob-uskunalar stomatologga eng yaqin ko‘makchi.

— Otam rahmatli oliy toifali stamotolog edilar. U kishining xotiralarini abadiylashtirish hamda ularning ishini davom ettirish maqsadida ushbu klinikani tashkil etib, ularning nomlarini berdik, – deydi R. Bobonazarov.
Ha aytgancha, tishingizni daolatish yoki sug‘urib olishga ikkilanayotgan mutaxassis rentgenga tushish uchun qanchadir masofa bosib kelishingiz uchun jo‘natmaydi. Klinikaning o‘zida tish rentgen apparati olib kelingan bo‘lib, aniq tashxis bilan kerakli davo choralari ko‘riladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun