Maslahat tekin… mi?

Date:

Negadir har qanday tushkunlik davrida ham, stresslarda ham psixolog maslahatini olish haqida o‘ylab ko‘rmaymiz. Balki bu bizda ommalashmagan soha turidir. Ammo, istaymizmi, yo‘qmi psixologik yordam ko‘plab muammolarga yechim topib, yashashni osonlashtiruvchi kuchga ega ekanini jahon tajribasi isbotlab turibdi. Demak, psixolog yordami, maslahat va tavsiyasi kerak.
Tan olish kerakki, bu tavsiyani olish arzonga tushmaydi. Yaxshigina chiqim qilish ham turgan gap. Boshqacha aytganda maslahat tekin emas.
Viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘limi Psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologlari hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar bilan hamkorlikda “Xodim psixolog huzuriga emas, psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida ishlash tizimini yo‘lga qo‘ydi. Bunday xayrli tashabbus asosida avvaliga viloyatda faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlaridagi ayol xodimalarining oilasi, turmush sharoitlarini o‘rganish boshlandi. Psixologlar ular bilan suhbat olib borib, oiladagi muammolar aniqlanadi va bartaraf etiladi.
Loyiha yaxshi natija bersa, mahlallarda nizoli oilalar, tushkunlikka tushib qolgan ayollar bilan ishlab, kerakli psixologik yordam berish ishlari boshlab yuboriladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

IJTIMOIY, BADIIY VA SIMVOLIK TALQIN

Inson sivilizatsiyasi tarixida bronza davri alohida o‘rin tutadi. Aynan...

Sport — uzoq umr garovi

Jismoniy tarbiya inson salomatligi va hayot sifatini yaxshilashning asosiy...

Qadimdan bugungacha davom etayotgan g‘amxo‘rlik

Stomatologiya (lotincha stoma — og‘iz bo‘shlig‘i, logos — ta’limot)...

“KAFOLAT MABLAG‘I KIRITISH” INSTITUTI JORIY ETILDI

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini...
KunTun
KunTun