Prezident maktabida yangi loyiha…

Date:

Kitob dunyoqarashni kengaytiradi. Kelajak hayot uchun qabul qiladigan har bir qarorimizni o‘ylab, mushohada qilib qabul qilishga undaydi. O‘zlikni anglashni, menimizni shakllantirishni, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishga kuch beradi. Kitob va mutolaa imkoniyatlar kaliti.

Kitobxonlikka qiziqtirish uchun esa yoshlarning qiziqish va intilishlarini hisobga olish lozim. Termiz shahridagi Prezident maktabida esa ayni shu jihatlarni yaxshi anglagan pedagog-o‘qituvchilar “Read and Travel” loyihasiga start berdilar.

Loyiha doirasida o‘quvchilar bir hafta mobaynida belgilangan kitobni o‘qib chiqishlari va taassurotlari bo‘yicha insho yozishlari lozim edi. shunday bo‘ldi ham. Eng yaxshi insho yozgan o‘quvchilar esa Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohiga sayohatga bordilar.

Ham ziyorat, ham sayohat bahonasida o‘quvchi yigiy-qizlar o‘zlari uchun qimmatli ma’lumotlarni bilib olgan bo‘lsalar, qo‘llarini duoga ochib, o‘tganlar ruhini shod aylashdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun