«Guliston»lik 8 nafar yoshning kontrakti to‘lab berildi

Date:

Termiz shahridagi «Guliston» mahallasida 12009 nafar aholi istiqomat qiladi. Hokim yordamchisi Salohiddin Choriyev aholini 4 toifaga ajratib, asosan ishsiz bo‘lgan fuqarolarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratmoqda.
Jumladan, shu kungcha 17 nafar fuqaro hududda yangidan ishga tushgan tikuvchilik sexi, avtomaktabga, shuningdek, Al Xorazmiy nomidagi fizika va matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab internatiga ishga joylashtirildiga ishga joylashtirildi. Yana 6 nafar fuqaroga parrandachilik, tikuvchilik bilan shug‘ullanishi, issiqxona qurishi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘mak berildi. Hozirda ularning barchasi o‘z faoliyatini boshlab, foydali mehnat bilan band qilingan.
Yoshlar yetakchisi Aziz Abdujabborovning ko‘magi bilan esa 21 nafar ishsiz yosh «Yoshlar daftari»ga kiritilib, yana 8 nafar «Temir daftar»dagi oilalarning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan farzandlariga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan shartnoma pullari to‘lab berildi.
— Yangi tizim asosida mahallada hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi bilan doimiy hamkorlikda ish olib borilayotgani ko‘plab muammolarning hal etilishiga yordam bermoqda, — deydi mhalla raisi Dildora Raxmonova. — Asosan, ishsizlik muammosiga barham berish uchun harakat qilinayotgani oilalardagi tushunmovchiliklarni ham o‘z navbatida bartaraf etmoqda. Bu esa davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan to‘g‘ri siyosat samarasi ekanligini ko‘rsatadi.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

An’ana va zamonaviy uyg‘unlikda

Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi majlislar zalida Respublika...

Kinelogiya xizmati sinovda

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan kinologiya...

Yoshlar sport va birdamlik maydonida

Termiz shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “DXX kubogi – 2026”...

Yoshlar festivali — milliy qadriyatlar va iste’dodlar tantanasi

Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida Payshanba — “Yoshlar...
KunTun
KunTun