“Hamkorlik, ishonch, ma’suliyat va tashabbuskorlik – faoliyatimning asosiy qismidir”.

Date:

Oilalar uyushib mahallani tashkil etadi. Demak, aholining muammosi, kamchilik va boshqa masalalari bormi, mahallada hal bo‘lsa, jamiyat hayoti yaxshilanib boraveradi. Mahalla tizimiga rivojlangan davlatlar havas qilishi bor gap. Hatto andoza oladigan holatlar ham bo‘ldi.  Maqtangulik jihatimiz bor deya bu tizim o‘z holicha tashlab qo‘yilgani yo‘q. Tizim yangilanib, insonlarga yaxshi sharoit, imkoniyat va imtiyozlar yaratish uchun izchillashtirilmoqda. Yangi O‘zbekiston shunchaki, og‘izda qurilmaydi. Buning uchun amaliy harakatlar, yaxshi natijalar bilan ish boshlanadi. Avvalo tizimni eng pastki bo‘g‘indan boshlash eng maqbul yo‘ldir. Shu munosabat bilan Prezidentimizning 2021-yil 3-dekabrdagi  “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan har bir mahallada hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Shu paytgacha ishsiz yoshlar bilan tizimli ishlash mexnazimi yo‘q edi. Va yoshlar yetakchilarining mahallalarda o‘z ishini boshlashi yoshlar bilan ishlashda qulaylik yaratdi. Yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratdi.

Demak, bu lavozimlardan ko‘zlangan maqsad katta. Maxsus komissiya suhbatlaridan munosiblar saralandi. Kutilayotgani esa bildirilgan ishonchni oqlab, yuqori natija ko‘rsatish. Xuddi shunday Shavkat Shukurov ham suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib, shu yilning yanvar oyidan Termiz shahridagi “Eski shahar” mahallasiga yoshlar yetakchisi lavozimida o‘z faoliyatini boshladi. Avvaliga uyma-uy yurib, mahalla ahli bilan, yoshlar bilan tanishdi. Ularning muammolarini o‘rgandi. Hol so‘rash bahonasida o‘rganganlari natijasida ayon bo‘ldiki, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan yoshlar talaygina. Ularni qo‘llab-quvvatlash, o‘z yo‘llarini topishida bir turtki kerak edi. Shavkat ana shu turtki bilan 44 nafarga yaqin yoshga moddiy yordam ajratilishida, haydovchilik kurslariga, talabalarning kontrakt to‘lovlariga, o‘z-o‘zini band qilish va daromad topish maqsadida asbob-uskunalarni xarid qilishga yordam berdi. Yetakchining tavsiyasi bilan yoshlar qo‘llab-quvvatlandi. Ba’zilari o‘qishini davom ettirayogan bo‘lsa, boshqalari o‘zlarini band etib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi. Albatta, ushbu ishlarni yolg‘iz Shavkat Shukurovning o‘zi hal qilolmasdi. U hamkorlar, ya’ni sektorlar ko‘magiga tayandi.

—Har bir insonga o‘z iqtidorini, malaka va bilim-tajribasini namoyish etish uchun imkoniyat berilishi, ishonch bildirilishi kerak, — deydi Sh. Shukurov. — O‘ylaymanki, biz yoshlarga ana shunday ishonch va imkoniyat berishda bir sababchi bo‘lib xizmat qilayapmiz. Hamkorlik, ishonch, ma’suliyat va tashabbuskorlik – faoliyatimning asosiy qismidir. O‘z navbatida sizning harakatlaringiz ila kimdir ishli bo‘lsa, tadbirkorlikni boshlasa, kasb-hunar o‘rganib, oilasi va jamiyatga foyda keltira boshlasa, o‘zingizda bu Vatanga dahldorlik his etarkansiz. Katta isharning boshida turgandek, o‘zingizda ishonch paydo bo‘larkan. Men ana shu ishonch bilan ishlayapman. Mahallamdagi yoshlar hayotiga o‘zimni mas’uldek bilib, tizimli ish olib borib, muammolarini hal etishga bel bog‘laganman.

Zimmamdagi mas’uliyat yuki yoshlar hayotini yaxshilashga, iqtidorlarni kashf etishga undayapti. Yoshlar yetakchilar mahalla yoshlarning hayotida ijobiy ta’sir ko‘rsata olayaptimi, demak bu tizim bekorga joriy etilmaganini ko‘rsatadi. Shu maqsadda yoshlar yetakchilari qo‘lidan kelgancha insonlarga yordam bersa, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatining amaldagi ijrosini ta’minlagan bo‘ladi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

"Termiz" xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab,...

Toʻyga toʻyona boʻldi

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar...

Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham...

“Behbudiyni yod etib”

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda...
KunTun
KunTun