“Ko‘makdan minnatdorman”

Date:

Angorlik Shavkat Ashurov poyabzal ta’mirlovchi usta. Ustaxonasi yo‘qligi sabab ko‘chada oddiygina stol qo‘yib, qo‘lbola usulda tikib berardi. To‘g‘ri, allaqachon tikuv mashinkalari tikib, kerakli ishlov beradigan uskunalarsiz ko‘rsatilgan xizmat unchalik yaxshi chiqmagandir. Harqalay Shavkat Ashurov qo‘lidan kelgancha harakat qilar, mijozlarini rozi qilib, topganiga qora qozonni qaynatardi. Nima ham qilsin, bekor o‘tirgandan ko‘ra shu ish bilan ham ro‘zg‘or tebratayotgan bo‘lsa…
Oxiri Angor tuman hokim Shoxjaxon Abdullayev sayyor qabul o‘tkazayotganini eshitdiyu, ming bir andisha ila muammosiga yechim yo‘lga chiqdi. Poyabzal ta’mirlash uchun maxsus tikuv mashinkasi olishda amaliy yordam so‘radi.
— Mahallamizga biriktirilgan hokim yordamchisi oilaviy sharoitimizni o‘rgandi va subsidiya asosida yordam berilishini aytdi. Ishonasizmi, ko‘p vaqt o‘tmay ta’minotchi keldi-da, bitmay qolgan uyimizning xonasini ta’mirlab, tikuv mashinkasi va kerakli jihozlarni olib kelib berishdi. Ko‘rsatilgan ko‘makdan boshim osmonda, endi barcha sharoitlar muhayyo ustaxonamda ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsataman, — deydi Shavkat Ashurov.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun