Yana bir xususiy klinika o‘z faoliyatini boshladi

Date:

Tibbiyotga e’tibor bugun talab darajasida deya bemalol aytish mumkin. Sihat ulashaman degan borki, qo‘llab-quvvatlovda, imkon va imtiyozlardan bahramand. Buni viloyatimizda tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangidan-yangi xizmatlarni taklif etib, o‘z faoliyatini yurtayotgan klinikalardan sezish qiyin emas. Ana shunday faoliyatlardan biri Termiz shahrida foydalanishga topshirilgan “Hospital Sultan” klinikasi bo‘ldi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot muassasalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Aytish kerakki, mazkur klinikani qurish, jihozlash ishlariga 35 milliard so‘mdan ortiq investitsiya kiritilgan. Bemorlar statsionar sharoitda davolanishlari maqsadida 60 o‘rinli xonalar xizmatga shay. Kasalliklar eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalar vositasida aniqlanadi va kerakli davo choralari ko‘riladi.

50 nafar malakali shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari o‘z faoliyatini boshlagan klinikada shu kunning o‘zida xizmat ko‘rsatish boshlab yuborildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun