Oylik maoshli ishdan ko‘ra…

Date:

Tadbirli va qo‘li gul inson bir qarich yerni-da gullatib, undan foyda olishni biladi. Bugun daftarlarga kiritilgan fuqarolar uchun ishsizlik muammo bo‘lmay qoldi. Ular oylik maoshli ishdan ko‘ra ko‘proq daromad topishlari mumkin. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida ham ayni shu maqsad mujassam.

Ayniqsa, mahallalardagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolar endilikda yer maydonlarini yutib olish uchun auksionda ishtirok etishlari va ushbu yer maydonida dehqonchilik qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgani quvonchli voqea bo‘ldi.

Qiziriq tumanidagi “Takiya”, “Istara”, “Yangikent” mahallalarida yer-auksioniga chiqarilgan lotlar g‘olib fuqarolarga 10 yil muddatga dehqon xo‘jaligida foydalanishi uchun kadastr xujjatlari topshirildi.
Auksionda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan fuqarolarning quvonchi cheksiz. Sababi ularning bandligi ta’minlandi va bu esa qo‘shimcha daromad manbaalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...

Mehnatga rag‘bat, kelajakka ishonch

Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish...
KunTun
KunTun