HAYOT IN’OM ET!

Date:

Savob ishni har kim, har kuni qilmog‘i lozim. Ayniqsa, birgina yordam bilan kimdir hayotga qaytsa, yangitdan tug‘ilgandek bo‘lsa… bu hojatbarorga ham bir olam quvonch, o‘ziga ishonch hissini uyg‘onadi. Buni his etish uchun kimgadir yaxshilik qilish, savob ishlarga bosh qo‘shish kifoya.

Oltinsoy tuman Tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi yangi binosida respublika miqyosida boshlangan “Qon topshir – hayot in’om et!” aksiyasi tadbiri doirasida ana shunday ko‘ngillilar qon topshirdi. Ular orasida hokimlik xodimlari, shifokorlardan tortib, oddiy odamlar ham bor.
— Qon topshirish har ikki tomon uchun ham foydali, — deydi Oltinsoy tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Farid Umarov. — Organizmda yangi qon tanachalari ishlashni boshlaydi, yasharadi. Aksiyada ko‘ngillilarga qon topshirishning foydalari haqida ham mutaxassislarimiz tomonidan atroflicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun