“Biz hayotdan rozimiz, hokim bobo!”

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Denov tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida o‘tkazayotgan fuqarolar qabuli qaryib to‘rt soatdan buyon davom etmoqda.

Sayyor qabulda vohaning turli hududlaridan kelgan murojaatchilarning dardu tashvishi tinglanib, sektorlar rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida ular o‘rtaga tashlayotgan muammolarni joyida hal etish yo‘llari izlanmoqda.


Jumladan, Denov, Bandixon, Sho‘rchi kabi tumanlardan kelgan fuqarolar yo‘llarni sozlash, eskirgan elektr ustunlarni yangisiga almashtirish, toza ichimlik suvi va tomorqasini obi-hayot bilan ta’minlash, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi qurish singari masalalarda murojaat etmoqda.

Oltinsoy tumanidagi “Tog‘ay Murod” mahallasida yashaydigan Ismoil Ortiqov viloyat hokimiga murojaat etib, “Pahlavon”, “Tog‘ay Murod”, “Mingchinor” mahallalari ahli nomidan aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda yordam so‘radi. Bu murojaat shu yerning o‘zida atroflicha o‘rganilgach, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash shu yil o‘z yechimini topishi ma’lum qilindi.

– Tog‘li hududda joylashgan mahallamizga e’tibor kuchayganidan xursandmiz, – deydi Ismoil Ortiqov. – So‘zimiz yerda qolmayapti. Mana, ilgariroq 20 o‘rinli qishloq shifoxonamizni ta’mirlash va oilaviy poliklinika qurish masalasini aytgan edik. Bu murojaatimiz inobatga olinib, davlat dasturiga kiritilganini eshitdik. Ichimlik suvi bilan bog‘liq muammomiz ham hal etiladigan bo‘ldi. Biz hayotdan rozimiz, hokim bobo!
Viloyat hokimining fuqarolar bilan yuzma-yuz ochiq muloqoti davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Аxborot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun