To‘ra Bobolov Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan surxondaryolik mehnat migrantlari va talabalar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

Date:

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan surxondaryolik migrantlar va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar bilan onlayn muloqot qilgan.

“Fuqaro va talabalarning murojaatlari eshitilib, ularning masalalarini tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda hal qilish choralari ko‘rilishi va natijasi to‘g‘risida fuqarolarga axborot berilishini aytib o‘tildi.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, migrant ishchilarni chet elga ketishidan oldin til va kasb bo‘yicha tayyorlash, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, Rossiyadagi oliy taʼlim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan surxondaryolik yoshlarni viloyatimizda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan taʼminlash masalalari bo‘yicha muloqot ishtirokchilarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga batafsil javob berdi.

Shuningdek, viloyatda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Rossiyaning OMSK, Irkutsk, Novosibirsk viloyatlaridagi o‘zbek diasporasi rahbarlari bilan mehnat migratsiyasi hamda madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Viloyat hokimligi tomonidan bunday onlayn muloqotlarni doimiy o‘tkazib borishga kelishib olindi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun