Ispaniyalik mehmon zaytun plantatsiyasi loyihasi bilan tanishdi

Date:

Har birimizning o‘ziga yarasha talab va ehtiyojlarimiz mavjud. Kundalik turmushda, ayniqsa, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj birlamchi. Ro‘zg‘orda bir kun qora qozon qaynamasa, keyin ko‘raveringda. Ovqatga “unnash” uchun esa, avvalo, yog‘ zarur. O‘z ehtiyojing uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ta’minlay olishing ham katta gap.

Ayni shu maqsadda, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘i bilan ta’minlash, import hajmini keskin qisqartirish maqsadida kungaboqar, soya, masxar, raps, kunjut va zig‘ir ekiladigan maydonlar hajmini oshirish bilan birga, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib,  Sariosiyo tumanida 50 gektar yer maydonida zaytun plantatsiyasi tashkil etilmoqda. Mazkur plantatsiya bilan yaqindan tanishish maqsadida Ispaniyaning “Gedespa” kompaniyasi Prezidenti Alexandro Pastrana tashrif buyurdi.

Ushbu hududlarda 10 gradusgacha bo‘lgan sovuqqa chidamli Arbusano (Italiya), Arbikino (Italiya), Manzaniya va Kolores (Ispaniya) hamda Gemlik (Turkiya) navli zaytun ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Alexandro Pastrana loyiha bilan yaqindan tanishib, ajratilgan yer maydonini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, chet ellik mehmon tumanda intensiv usulda tashkil etilgan bog‘lar, issiqxonalar bilan tanishdi hamda fermer xo‘jaligi tomonidan parvarish qilinayotgan tuyaqushlarni ham borib ko‘rdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun