Talabalar uchun soliq imtiyozi bormi?

Date:

Hali 26 yoshga to‘lmagan talabasiz. Yillik to‘lov-kontraktingiz miqdori 10 million so‘m. otangiz yoki onangiz deylik 5 million so‘m oylik oladi va maoshidan sizning kontraktingizga to‘laydi, ulardan ushbu summa uchun daromad solig‘i (12 foiz yoki 600 ming so‘m) olinmasligidan xabaringiz bormi? Shunda ota-onangiz 10 million so‘m kontrakt to‘lasa, 1 200 000 so‘m yutadi.
Albatta, bu to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga, ularning ota-onalariga biroz bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi.
Soliq kodeksining 378-moddasi, 16-bandiga binoan kontrakt to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxslarning daromadi soliqqa tortilmaydi.
Mazkur imkoniyatdan 26 yoshga to‘lmagan farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar va yoshidan qatʼiy nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar foydalanishlari mumkin.
Ushbu imkoniyat o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun