Termizda yoshlar aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Date:

Vatanni himoya qilish – yoshi, faoliyat sohasi va kasbidan qat’i nazar har bir fuqaroning chinakam sharafli burchidir va aynan shu sababli respublikamizning barcha jabhalarida yoshlar aksiyasi o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan, Surxondaryo viloyati yoshlarida harbiy vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, halq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Mening armiyam-mening faxrim” shiori ostida yoshlar aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar aksiyasida harbiy qismlarda mavjud zamonaviy texnikalar, qurol yaroqlar namoyish etildi.Shuningdek, qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlari va harbiy orkestr kuy qo‘shiqlari hamda faxriy qorovulning chiqishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev bugungi kunda mamlakatimizning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini yanada ishonchli himoya qilish uchun tizimda olib borilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritib, barchani bu yo‘lga birdamlikka va ogohlikka chaqirdi. U o‘z so‘zida, armiya yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik mas’uliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi yetakchi institutga aylanmoqda deb ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun