Sariosiyoda ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi

Date:

Sariosiyo tumanida “Obod qishloq” davlat dasturi asosida ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi. Jumladan, Marjona mahallasidagi 35 yil oldin qurilgan va ta’mirtalab bo‘lgan 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Mazkur ishlar uchun dastur asosida 2 mlrd. 36 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Shu kunning o‘zida 317 mln. so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy loyiha asosida qurilgan va barcha sharoitlarga ega bo‘lgan mahalla idorasi binosi ham foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, tumandagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Galabutta mahallasida 422 o‘rinli 63-sonli maktabda mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlar uchun dastur asosida 2 mlrd. 612 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Ushbu obyektlarining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

(https://t.me/sariosiyohokimligi/10091)Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 noyabr kuni viloyat hokimi To‘ra Bobolov hududlarda foydalanishga topshirilmagan barcha obyektlarning qurilish pudrat tashkilotlari rahbarlari va joylardagi mas’ullar bilan birma-bir gaplashib qurilish ishlarining yakunlanmasligi sababini o‘rganib, yechimi yuzasidan mas’ullarga vazifa yuklagan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyot ta’limida “5+1” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi. 2027–2028 o‘quv...

Yo‘l bo‘yidagi xizmatlar salohiyati oshirilmoqda

Angor tumanida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish,...

“Vatanparvar” imkoniyatlari yoshlar nigohida

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat nazariy tushunchalar bilan emas, amaliy mashg‘ulot...

“Afg‘on shamoli”: olimlar yechim izlamoqda

Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universitetida Xitoy, O‘zbekiston va...
KunTun
KunTun