Surxondaryo viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari tayinlandi

Date:

Mengliev Faxriddin Valievich Surxondaryo viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari etib tayinlandi.

Faxriddin Mengliev 1982 yilda Surxondaryo viloyatining Shoʼrchi tumanida tugʼilgan. Maʼlumoti oliy, 2006 yili Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Аkademiyasi, 2013 yili Ichki ishlar Аkademiyasining Oliy akademik kursini tamomlagan. Mutaxassisligi huquqshunos. Harbiy (maxsus) unvoni podpolkovnik.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimida masʼul lavozimlarda – Tergov boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari, Tashkiliy-inspektorlik boʼlimi, Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boʼlimi, Tashkiliy boshqarma, shuningdek, Muzrabot tumani ichki ishlar boʼlimi boshligʼi, viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Faxriddin Mengliev joriy yilning aprel oyidan Surxondaryo viloyati hokimining jamoatchilik bilan ishlash boʼyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun