Limonchilik istiqboli yo‘lida…

Date:

Yurtimizda soʻnggi yillarda limonchilik tarmogʻini rivojlantirish, limonzorlar maydonini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa limon ishlab chiqarish va eksport hajmini koʻpaytirishga xizmat qiladi. Bu borada xorijiy kredit liniyalari jalb qilinib, katta-katta yer maydonlarida zamonaviy limonzorlar barpo etilayotir. Limon yetishtiriladigan issiqxonalar qurilayapti. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalar asosida yangi, serhosil va jahon bozorida raqobatbardosh boʻlgan limon navlarini yaratishga eʼtibor kuchaytirilgan.
Jarqo‘rg‘on tumanida ham “Termiz jayxun klaster” MChJ tomonidan 100 gektar yer maydonda limonchilik loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu paytga qadar loyihada belgilangan maydonning 30 gektarida qurilish ishlari boshlangan bo‘lsa, shundan 15 gektar maydonda issiqxona qurilishi tugallangan. Bu yer maydonlari tomchilatib sug‘orish texnologiyasi yordamida sug‘orilishi reja qilingan bo‘lib, hozirda suv yig‘ish havzasi qurilayotir.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi yirik loyihalar aholi farovonligi uchun xizmat qilishini ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun