Zamonaviy qiyofa kasb etdi

Date:

Boysunlik yosh-u keksa bugun tumandagi “Obi” va “Mustaqillik” mahallalarini bog‘lovchi yo‘ldan ulovda yo piyoda o‘tarkan bir olam zavq tuyishayotir. Chunki 3 kilometrlik ushbu asosiy avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilingani uchun ham tekis va ravon. Yo‘lbo‘yi ariqlaridan suvlar oqib turgani, yo‘l chetidagi yashil maysalar-u gullar, zamonaviy qiyofa aks etgan binolar, xizmat ko‘rsatish nuqtalari, uy-joylar tomoshasiga mahliyo bo‘lib, manzilga qanday yetganini bilmay qoladi kishi.
Ha, tumandagi “Obi” va “Mustaqillik” mahallalarini bog‘lovchi yo‘l rekonstruksiya qilindi, ariqlar tortilib, mavjud ichimlik suvi tarmog‘i yangisiga almashtirildi. Ayni shu ko‘chaning tantanali ochilish marosimi esa tuman ahli uchun munosib tuhfa bo‘ldi. Marosimda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, shahar va tumanlar hokimlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Biror yumush bilan otlangan borki, shu yo‘llar sabab zumda manziliga yetadi. Umid qilamizki, yangi yo‘l ko‘p yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi. Barcha tumanlardagi markaziy ko‘chalar mana shunday zamonaviy qiyofa aks etishi lozim. Shu mavzuga bag‘ishlangan seminarda viloyat rahbari tomonidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun