Tez tibbiy yordam mashinasi topshirildi

Date:

Perinatal markaz — ona qornida rivojlanayotgan homila va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatadigan ilmiy tadqiqot va davolash muassasasi hisoblanadi. Muassasa tunu kun tartibida ishlaydi. Markazda homiladorlarga, tugʻruq va chilla davridagi ayollarga yuqori malakali shoshilinch va rejali tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Avvaliga respublikada, keyin viloyat markazlarida o‘z faoliyatini boshlagan perinatal markazlar tumanlarda ham ochildi. Maqsad dunyoga keladigan chaqaloqlarning hayotini asrab qolish va o‘z vaqtida kerakli tibbiy yordamni ko‘rsata olishdir.
Surxondaryo viloyat hokimi Denov tumaniga tashrifi davomida 2-son viloyat perinatal markazi faoliyati va unda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Viloyatning shimoliy hududidagi tumanlar aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi ushbu perinatal markaz 120 o‘ringa mo‘ljallangan. Markazning reanimatsiya bo‘limida chaqaloqlar parvarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kerakli jihozlar, tekshiruv asbob-anjomlari bilan to‘la ta’minlangan. Viloyat rahbari ushbu bo‘limda bo‘lib, chaqaloqlarning holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tibbiyot muassasasiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish maqsadida maxsus jihozlangan “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinasi topshirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun