Hududlarda yashil hududlarni ko‘paytirish, ekologik muhitni yaxshilash va kelajak avlod uchun sog‘lom tabiatni asrashga qaratilgan ezgu tashabbuslar Boysun tumanida izchil davom etmoqda.
Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Bo‘shrabot mahallasida tuman tashkilot va korxonalari ishtirokida mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ekilgan ko‘chatlarning yaxshi tutib ketishi uchun ularni sug‘orish, parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish mas’uliyati tegishli tashkilotlarga yuklatilgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Boysun tumanida jami 678 ming 800 tup mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

